Ufa
Ufa — Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk, Sverdlovsk viloyatlari va Boshqirdiston Respublikasidagi daryo. Oq Idil daryosining o’ng irmog’i (Kama havzasi). Uzunligi 918 kilometr, havzasining maydoni 53,1 ming km2. O’rta Uraldagi uncha katta bo’lmagan Ufa ko’lidan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi 32,9 m’/sek. (Pavlov GES yonida). Eng kup suv sarfi 3740 m’/sek. Dekabr boshlarida muzlab, may boshlarida muzdan bo’shaydi. Asosiy irmoqlari: Ai, Yuryuzan (chapda), Bisert, Tyuy (o’ngda). Dare havzasida karst rivojlangan. Yog’och oqiziladi. Daryoda Pavlov GES qurilgan. GESdan yuqorida 135 kilometr va quyida 170 kilometr qismida kema qatnaydi. Ufa sohilida Krasnoufimsk shahri, quyilish joyida Ufa shahri joylashgan.