UFA PLATOSI

UFA PLATOSI — Ufa daryosi havzasidagi plato. Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasi va Perm, Sverdlovsk viloyatlarida. G’arbda Sharqiy Yevropa tekisligi qo’shilib ketadi, Sharqiy yon bag’ri tik. Eng baland joyi 517 metr. Yer yuzasi sertepa. Asosan, ohaktosh, dolomit, qumtoshlardan tuzilgan bo’lib, karst hodisasi rivojlangan. Qoraqarag’ayqayin o’rmonlari, Janubiy keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan.