UG’RUQ
UG’RUQ, ug’raq, o’g’rug’, uqrug’ — tarixiy atama. Dastlab Amir yoki xonning xotini, bolalari, xizmatkorlari yashagan chodirlar Ug’ruq deb atalgan. Keyinchalik Ug’ruq deganda harbiy qarakatlar vaqtida qo’shin ortidan boruvchi karvon tushunil- gan; unda hukmdorning xizmatkorlari, xotini va oilasining ayrim a’zolari, qurol-yarog’, oziq-ovqat va boshqalar olib yurilgan.