Ujungpandang

Ujungpandang (1970 yilgacha Makasar) — Indoneziyadagi shahar. Janubiy Sulavesi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 1,09 million kishi (1995). Indoneziyaning Sharqiy qismidagi eng katta port, chetga kopra, kofe, ziravorlar, o’rmon mahsulotlari va ko’nteri chiqariladi. jungpandang — Sulavesi orolidagi savdo-transport, moliya va madaniyat markazi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi. Kema verfi, oziq-ovqat, to’qimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda qamish va palma barglaridan, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi. Universitet, institutlar va ilmiy tadqiqot markazlari bor.