Uklonskiy Aleksandr Sergeyevich

Uklonskiy Aleksandr Sergeyevich (1888.5.11, Gomel shahri — 1972.16.2, Toshkent) — geolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943). Geologiya mineralogiya fanlari Doktori (1920), professor (1920), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi. Moskva universitetini tugatgan (1914). ToshDU va ToshPIda mineralogiya kafedralarini va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya va geofizika institutida mineralogiya va geokimyo bo’limlarini tashkil etgan. Toshkentda mineralog-geokimyochilar maktabini yaratgan. Uklonskiy O’rta Osiyo, O’zbekistonda oltingugurt konlari mineralogiyasi va joylashish qonuniyatlarini o’rgangan (1928-40), minerallarning geokimyoviy tasnifini tuzib, darslik yozgan (1940). O’zbekistondagi oqar suvlarning izotop tarkibini tekshirgan. Geokimyo faniga «protokristall», «izotop», «izobara», «paraelementlar» kabi yangi nazariy tushunchalar kiritgan. Uklonskiy O’zbekistonda mineralogiya va geokimyo fanlari rivojiga salmokli hissa qo’shgan. Yangi topilgan mineral uklonskovit deb atalgan.