Uleksit, boronatrokaltsit

Uleksit, boronatrokaltsit — suvli boratlarning kichik sinfiga mansub mineral. NaCa[B5O9]8H2O. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi oq, ipakdek yoki shishasimon yaltiraydi. Shaffof, yorug’lik o’tkazish xususiyatiga ega. Qattiqligi 1-2,5, zichligi 1,9—2 g/ sm5. Mo’rt, issiq suvda eriydi. Xemogen — cho’kindi genezisga ega, gipergen mineral singari ko’llardagi cho’kindilarda uchraydi. Bor rudasi. Konlari Rossiya Federatsiyasi (inder), AQSh (Nevada), Argentina, Chili va Xitoyda mavjud.