ULUG’BEK

ULUG’BEK — Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumaniga qarashli shaharcha (1961 yildan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Qadsiriya (6 kilometr). Aholisi 5,2 ming kishi (2004). Shaharchada O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi instituti va unga qarashli 4 korxona, 2 umumiy ta’lim maktabi ishlab turibdDi; 5 savdo, 1 maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasi, mehmonxona, 2 madaniyat, 2 tibbiyot muassasasi, Fanlar Akademiyasiga qarashli kasalxona, 2 sport inshooti bor. Toshkent shahridan Ulug’bekga avtobuslar qatnaydi.