Ulug’sho’rko’l, Ullisho’rko’l, Sho’rko’l

Ulug’sho’rko’l, Ullisho’rko’l, Sho’rko’l — Xorazm viloyati Janubdagi ko’l. Xiva shahridan 14 kilometr janubi-sharqda va Chig’irchi qishlog’idan 6 kilometr janubda joylashgan. Ko’lning Janub qismi Turkmaniston hududiga kirib borgan. 86 metr balandlikda, havzasi maydoni 14,8 km2. Ko’l shimoldan janubga cho’zilgan (uzunligi 16 kilometr). Shimol qismida eni 4 kilometrgacha. Ozyorniy kollektor suvlari va shimol qismidagi dalalarni yuvishdan oqib keladigan tashlama suvlardan to’yinadi. Suvi sho’r. Rekreatsiya ahamiyati bor. Xorazm baliqchilik xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi.