UMUMDAVLAT MOLIYASI

UMUMDAVLAT MOLIYASI — davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.