Umurtqаlilаr

Umurtqаlilаr — xordalilar turiga mansub hayvonlarning kichik turi. Umurtqa pog’onasi va bosh suyakka ega eng yuksak tuzilgan hayvon1arning turli-tuman guruhlari kiradi. O’z ichiga 6 ta sinfni oladi. Bular to’garakog’izlilar, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar (аmfibуаlаr), sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), qushlar sut emizuvchilardir. Birinchi 3 ta sinf anamniya guruhini tashkil qilib, ularning rivojlanishi pusht qobig’isiz amalga oshadi. Keyingi 3 tasi amniota guruhiga mansub. Ular rivojlanishida pusht qobig’i ishtirok etadi.