Undalma

Undalma — so’zlovchining nutqi qaratilgan shaxe yoki shaxs deb tasavvur qilingan predmethodisani bildiradigan so’z yoki so’z birikmasi. Undalma, kirishlar yoki kiritmalar kabi, gapni kengaytiradi, ammo uning bo’laklari bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi. Undalma ran boshida ham, o’rtasida ham va oxirida ham kelishi mumkin. Qiyoslang: uka, bu ishlaring menga yoqmayapti; bu ishlaring, uka, menga yoqmayapti; bu ishlaring menga yoqmayapti, uka. Bolalar! Ko’chada ehtiyot bo’linglar. Gap boshida Undalma maxsus intonatsiya bilan aytiladi va ba’zan vokativ gap vazifasini bajaradi. Undalma, kirish, kiritma kabi, fikr bayonida muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ularni gapning uchinchi darajali bo’laklari sifatida qarash ham mavjud.