UNDIRUVCHI SANOAT

UNDIRUVCHI SANOAT — yer ostidan, suvdan va o’rmonlardan turli xil xomashyo va yoqilg’i chiqaruvchi sanoat sohasi. Asosiy sohalari foydali qazilmalar (ko’mir, neft, tabiiy gaz, slanets, torf, temir rudasi, rangli, nodir asl metallar va noruda xomashyolar) qazib chiqarish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash va yog’och tayyorlashdir. Undiruvchi sanoat mahsulotlari asosan qayta ishlovchi sanoatda qo’llaniladi.