Undosh tovushlar
Undosh tovushlar — og’iz va bo’g’iz bo’shlig’ida turli to’siqlarga uchrab paydo bo’ladigan, tarkibi fasat shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirg’alib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay o’tadi. Natijada turli jihatdan birbiridan farqli Undosh tovushlar hosil bo’ladi. Dunyodagi har bir til o’ziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lotincha Consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Masalan, hozirgi o’zbek adabiy tilida Undosh tovushlar soni 25 ta bo’lsa, boshqa tillarda bundan kam (masalan, turk tilida 17 ta) yoki ortiq bo’lishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi. Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra; 2) hosil bo’lish o’rniga (nutq a’zolarining ishtirokiga ko’ra; 3) hosil bo’lish usuliga ko’ra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon ko’tarilishiga) ko’ra. Ushbu tasniflarni hozirgi o’zbek adabiy tilidagi 25 ta [b, v, g, D, j (jyuri), j (jo’ja), D, y, k, l, m, n, ng, p, r, s, t, f, x, ts, ch, sh, q, G’, h] Undosh tovushlar misolida ko’rib chiqish mumkin. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga bo’linadi: sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng, l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi. Shovqinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qo’shilishidan qosil bo’ladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga ko’ra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangeiz undoshlarga bo’linadi. Jarangli undoshlar (masalan, b, v, g, D, z, y) shovqinga ovoz qo’shilgan undoshlardir. Jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh, 4) faqat shovqinning o’zidan iborat bo’ladi. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra, Undosh tovushlar 3 ga bo’linadi:lab undoshlari Lablab undoshlari (p, b, m) va labtish undoshlari (v, f) dan iborat; til undoshlari — til oldi (b, p, D, t), til orqa (k, g), til o’rta (y) va chuqur til orqa (q, G’, x) undoshlaridan iborat; bo’g’iz undoshi (h). Hosil bo’lish usuliga ko’ra, Undosh tovushlar 4 ga bo’linadi; portlovchilar — nutq a’zolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu a’zolarni yorib o’tishi natijasida hosil bo’ladigan p, b, t, D, k, g kabi undoshlar; sirg’aluvchilar — nutq a’zolari birbiriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirg’alib chiqishi natijasida hosil bo’ladigan v, f, z, s, j, sh, x, G’kabi undoshlar; titroq tovush — til uchining yuqori milkka tegib-tegmay titrashidan hosil bo’lgan r undoshi; affrikata — portlovchi tovush bilan sirg’aluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil bo’lgan ch(t+sh), j(D+j), ts(t+s) to- vushlaridir. Ad.: Hozirgi o’zbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980; Reformatskiy A. A., Vvedenie v yazikovedenie, M., 1998.