Undovlar
Undovlar — his-hayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi ma’nolarni bildiruvchi, gap bo’laklari bilan grammatik bog’lanmaydigan so’zlar turkumi va shu turkumga oid muayyan so’zlar. Undovlar asosiy xususiyatlariga ko’ra 2 turga bo’linadi: emotsional (hissiy) Undovlar va buyruqxitob (imperativ) Undovlar. Emotsional Undovlar kishilarning histuyg’usi, ruhiy holatini bildiruvchi Undovlar bo’lib, ular ma’no jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional Undovlar matn va ohang bilan bog’liq ravishda: 1) shafqat, Mehribonlik (IE, o, eh); 2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, o’hho’); 3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o); 4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (EHA, eh, ehe, o’hho’, haya, o’); 5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) ma’nolarini bildiradi. Salbiy his-tuyg’ularni ifodalovchi Undovlar esa: 1) e’tiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voey, voy, oh, uh, Obbo); 2) jirkanish, nafrat, g’azab, jahl (e, eh, voy, he, ha); 3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh); 4) kinoya, kesatiq, piching, koyish (Obbo, oha, o’hho’, hoo, hay-hay, hoy-hoy); 5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya); 6) g’umg’ussa, qayg’uo’kinch (EHA, oh, eh, voyey, eh); 7) cho’chish, vahima, dahshat (voey, oh, o, voydod); 8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, bay- baybay, he) kabi ma’nolarni bildiradi. Tilda rasm-odatlar bilan bog’liq Undovlar ham mavjud bo’lib, ular umumiy hol-ahvol so’rashish, salomlashish, xayrlashish, rag’batlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: esonmisiz, omonmisiz, hormang, bor bo’ling; Assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, Xo’sh, xo’p; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakkur, Qulluq, marhamat va sh.k. Buyruqxitob (imperativ) Undovlar kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogohlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan Undovlarning ayrimlari (hoy, hey, ey, Allo) kishilar diqqatini so’zlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (TSS, qani, jim, tek) ta’kid, buyurish ma’nolarini ifodalash maqsadida qo’llanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan Undovlar ularni to’xtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qo’llanadi (behbeh, pishpish, Tutu, kuch- kuch, mahmah; dirr, Xo’sh, taq, ish; chu, pisht, kisht, XIX, Kishkish va sh.k.). O’zbek tilida emotsional u. tarkibiga ham, buyruqxitob Undovlar tarkibiga ham kiritib bo’lmaydigan alohida Undovlar guruhi ham mavjud. Ko’rsatish (hu, huv, hovv), javob, ta’kidni (hahaha, ha, xo’shxo’sh, a, labbay) bildiruvchi Undovlar shu jumladandir. Ad.: Usmonov S, undovlar, T., 1953; O’zbek tili grammatikasi, 2j.li, 1J. T., 1975; hoz. o’zbek adabiy tili, l-qism, T., 1980,