Upit Andrey Martinovich
Upit Andrey Martinovich [1877.22.11(4.12), Skriveri, hozirgi Latviya Respublikasi, Ogra tumani — 1970.17.11, Riga] — latish adabiyoti asoschilaridan, adabiyotshunos, davlat arbobi. Latviya xalq yozuvchisi (1943). Latviya Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1941-54), Latviya Fanlar Akademiyasi akademik (1946), Latviya Oliy Majlisi Prezidiumi raisi o’rinbosari (1940-51) va a’zosi (1951 yildan). Ijodi 1906 yildan boshlangan. 1907-12 yillarda «burjua», «So’nggi latish» dilogiyasini yozgan. «Robejnieklar» trilogiyasi (1909-33) da latish dehqonlarining 1905-07 yillargacha bosib o’tgan tarixiy yo’li aks etgan. «Kichik komediya» hikoyalar kitobi (1909-10) va «ayol» (1910), «Oltin» (1914), «xoinlar» (1915-16) romanlarida meshchanlik tanqid qilingan. «Kamalak ko’prik bo’ylab» romani (1926), «Cho’miluvchi Susanna» (1922), «Chaykaning parvozi» (1926), «yashnayotgan cho’l» (1930) komediyalari hamda «Metamorfoza» (1923), «qashshoq hayot» (1926), «Pastor haqida hikoyalar» (1930) to’plamlari va tarixiy mavzudagi «asrlar boshida» tetralogiyasi (1937-40) muallifi. «Ko’kalamzor» (1945), «Bulutlardagi shu’la» (1951) romanlarida 19-asr oxiridagi latish qishloqlari hayoti aks etgan. Adabiyot tarixiga oid tadqiqotlari bor. «Jannatdan quvilganlar» (1973, 1980), «Yashil yer» (1962) asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.