Ur
Ur (shumercha Urim) — qadimgi shahardavlat. Nosiriya shahri (Iroq)dan 20 kilometr Janubi g’arbda, Telmuqayyar shahar xarobasi o’rnida joylashgan. Ingliz olimlari D.Teylor (1854), R. Kempbelltompson (1918), R. Xoll (191922) va ayniqsa, L. Vulli rahbarligidagi Angliya-Amerika ekspeditsiyasi (1922 — 34) tomonidan keng ko’lamda o’rganilgan. Arxeologik tadqiqotlar ur o’rnida miloddan avvalgi 5-ming yillik oxirida qishloq vujudga kelgani va u Ubayd madaniyatiga mansubligini aniqladi. Miloddan avvalgi 4-ming yillikda Uruk davrida ur shahar sifatida shakllangan. Qazishmalar natijasida topilgan eng ko’p va qiziqarli yodgorliklar urda I va III sulolalar qukmronligi davriga mansub (miloddan avvalgi 25 va 21-asrlar). І-sulolaga mansub 16 ta maqbaraga (ko’pchiligi qadimda talon-toroj qilingan) hukmronlar va ularga qurbonlik qilingan jangchilar, Arfa chaluvchi ayollar, aravakashlar qo’shib dafn qilingan. Bu topilmalar dafn marosimi haqida tasavvur qilish imkonini beradi. Shumer san’atining noyob namunalari; oltin dubulg’a, oltin idishlar va arfalar, tinchlik va urush sahnalari aks ettirilgan mozaikali bayroq(tug’)lar shu davrga oid. Shsulola hukmronligi davriga mansub shaharning qalin mudofaa devori, saroy, ibodatxona devori qoldiqlari chiqqan; ibodatxona markazida 3 qavatli zikkurat (balandligi 42 metr) va boshqa inshootlar joylashgan. Miloddan avvalgi 25-asrda, urning 1-sulolasi davrida (Mesanepada, Aanepada hukmronligi va boshqalar). Ur kuchli davlat bo’lgan. Miloddan avvalgi 24-22-asrlar mobaynida (biroz tanaffuslar bilan) qo’shni shahardavlatlar Umma, Uruk, Akkad, gutiylarga karam bo’lgan. Miloddan avvalgi taxminan 21-asrda «Shumer va Akkad podsholigi» (urning Shsulolasi) poytaxtiga aylangan. Podsho UrNammu davrida (miloddan avvalgi 21-asr) Mesopotamiyadagi eng qadimgi huquqiy Nizom yaratilgan. Urning ushbu davri tarixi uchun shohlarning katta xo’jaliklari, qullar, qarollar («gurush» va «gim») mavjudligi xos bo’lgan. Mutlaq podsho hokimiyatining mafkuraviy asoslari yaratilgan (ma’budlarga sajda qilishning yagona tizimi «podsho hokimiyatining abadiyligi» va boshqalar). Shsulolaning keyingi 4 podshosi (Shulgi, Amarsuen, Shisuen, Ibbisuen) hayotliklari chog’larida ilohiylashtirilganlar. Urning Shsulolasi davrida Shumer tilidagi madaniyat ravnaq topgan, biroq Akkad tili ham tarqala boshlagan. Shsulola davlati miloddan avvalgi taxminan 2000 yil Elam va amoriylar bilan bo’lgan urush jarayonida qulagan. Ur Bobil (miloddan avvalgi 18-6-asrlar) va axamoniylar podsholiklari (miloddan avvalgi 6-asrdan) qo’l ostida muhim savdo-hunarmandchilik markazi sifatida qolgan; miloddan avvalgi 4-asr oxiriga kelib ur tanazzulga uchragan. Ad..Tyumenev A. I., Gosudarstvennoe xozyaystvo drevnogo Shumera, M.L., 1956; Vulli L., Ur xaldeev (Per. s angl.) M., 1961.