Urganch shahri haqida eshitganmisiz?

Urganch shahri haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining markazi. Hozirgi Urganch shahri o’tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Uni Xorazmning qadimgi poytaxtidan farqlash uchun Yangi Urganch deb ataganlar. Ko’hna Urganch hozirgi Turkmanistonning Toshovus oblasti territoriyasida. Toponim qadimgi manbalarda turli shakllarda uchraydi. Turkiy aholi tilida Gurganj, Gurganch; arab manbalarida Jurjoniya formalarida qayd qilinadi. Xalq orasida nomning kelib chiqishi haqida turli afsonalar saqlangan. Jumladan: Hur nomli qiz Ganj nomli yigit muhabbati sharafiga Hurganj yoki Urganj deb atalgan. Yoki Urganch – Hur – quyosh (yoki baxt) Ganj – “xazina”, ya’ni “Baxt xazinasi” degan ma’noni bildiradi. Toponimning etimologiyasini A.Ishayev qadimgi O’rgin “taxt saroy” so’zi bilan bog’laydi. (Shimoliy Xorazmdagi ba’zi toponimik nomlarning etimologiyasi). Ammo tarixiy nuqtai nazardan qaraganda toponim ancha qadimiy bo’lib, O’rta Osiyoda turkiy xalqlar paydo bo’lmasdan oldin mavjud bo’lgan. V.V.Bartold “Avesto” dagi Urva so’zini shu toponim bilan aloqador deb hisoblaydi. Eramizdan oldingi II asrga mansub Xitoy manbalarida Yuygen nomini ham Urganch shahri nomi deb hisoblaydilar. Shunday ekan, toponimni chuqurroq o’rganish talab qilinadi.

Добавить комментарий