URMIYA

URMIYA (1926-80 yillarda Rizoiya) — Eronning shimoliy g’arbiy qismidagi shahar, Urmiya ko’lining g’arbiy sohilida. G’arbiy Ozarbayjon ostonining ma’muriy markazi. Aholisi 435,2 ming kishi (1997). Qishloq xo’jalik (tokchilik va mevachilik) rayonining markazi. Shakarqand, tamaki, quruq mevalar tayyorlovchi korxonalar bor. Gilam to’qiladi. Hunarmandchilik rivojlangan. Universitet bor.