USTA SHODI AZIZOV

USTA SHODI AZIZOV (1878, G’ijduvon tumani — 1943, G’ijduvon) — xonanda, sozanda (nay, doyra), raqqos. O’zbekiston xalq hofizi (1940). Buxoro — Samarqand musiqa uslubi vakili. Bolalikdan milliy raqs, masxarabozlik yo’llariga qiziqib, xalq to’y-sayillarida xizmat qilgan. Tez orada xalq orasida shuhrat qozonib, 1895 yil Buxoro amiri saroyiga chaqirilgan. Shashmaqom yo’llarini ota Jaloldan o’rgangan. 1930-yillarda G’ijduvon kolxoz—sovxoz teatrida yakkaxon xonanda, pedagog va raqslar ustasi (sahnalashtiruvchisi). Usta Shodi ijrosida E. Romanovskaya Shashmaqomning bir necha ashula yo’llarini yozib olib, notaga tushirgan. Shogirdlari orasida Tojikiston xalq artisti B. Fayzullayev va boshqalar bor.