Utamaro Kitagava
Utamaro Kitagava [1753, Kavagoe — 1806.30.10/19.6, Edo (hozirgi Tokio)] yapon rassomi, rangli ksilografiya ustasi. Ukiyoe maktabining yirik vakili. Edoda ijod qilgan. Utamaro asarlari Koloritida rang (masalan, qog’ozning oq Tusi va boshqalar)dan mahorat bilan foydalangan, yapon ksilografiyasida ilk bor ayollarning ko’krakkacha bo’lgan portretlarini yaratgan, ayollarning ruhiy holatlarini mayin oquvchan chiziqlarda yuksak mahorat bilan tasvirlagan. Utamaro hunarmandlar hayoti mavzuida asarlar, manzaralar yaratgan, o’simlik va hayvonot dunyosini tasvirlagan («hasharotlar haqida kitob» gravyuralar albomi, 1788 va boshqalar); biroq u bidzinga (go’zal ayollarni tasvirlash) janrida yaratgan asarlari bilan Shuhrat qozongan («tikayotgan ayollar», 1790-yillar; geyshalarga bag’ishlangan «Yosivar yashil uylari yilnomasi» Gravyuralar albomi, 1804 va boshqalar).