UY XO’JALIKLARI SEKTORI
UY XO’JALIKLARI SEKTORI — sektor rezidentli barcha uy xo’jaliklaridan tarkib topadi. Institutsion birlik deb tan olingan ayrim uy xo’jaliklari o’z tarkibiga uy xo’jaliklarining va ularning mulki ajralmas qismi bo’lgan korporatsiyalashmagan korxonalarni ham kiritadi. Faqat kvazikorporatsiyalarni tashkil etuvchi uy xo’jaligi korxonalarigina alohida institutsion birlik hisoblanadi.