Uychi

Uychi — Namangan viloyati Uychi tumanidagi shaharcha, tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Chortoq (5 kilometr). 1984 yil 10 oktabrda tashkil etilgan. Aholisi 15,6 ming kishi (2004). Uychida yigiruvtikuv fabrikasi, «Noto’qima» aktsiyadorlik jamiyati, shuningdek, 80 dan ortiq tashkilot, muassasa, uyushma va jamg’armalar faoliyat ko’rsatadi. Shaharchada 5 umumiy ta’lim maktabi (4668 o’quvchi), qishloq xo’jaligi va maishiy xizmat kasb-hunar kollejlar (1511 talaba) ishlab turibdi. Tuman Markaziy «Paxtakor» stadioni, sport maktabi, tennis korti bor. Uychida tuman Markaziy kasalxonasi, yuqumli kasalliklar kasalxonasi, 2 poliklinika aholiga xizmat ko’rsatadi.