UYG’URSOY
UYG’URSOY — Namangan viloyati Pop tumaniaagm shaharcha. 1947 yil 31 dekabrda tashkil qilingan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Pop (13 kilometr). Aholisi 1,4 ming kishiga yaqin (2003). Aholisi va xo’jaliklari Uyg’ursoy kanalidan suv oladi. Umumiy ta’lim maktabi, kasbhunar maktabi, mahalliy sanoat korxonasi, kutubxona, aloqa bo’limi, madaniyat saroyi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud.