UZATISH SONI

UZATISH SONI — mashina mexanizmlari yoki turli uzatmalarda yetakchi (harakatlantiruvchi) zveno ish qismlari (masalan, tishlari) soni bilann yetaklanuvchi (harakatlanuvchi) zveno ish qismlari soniga nisbati. Masalan, tishli uzatmada katta g’ildirak tishlari sonining kichik g’ildirak tishlari soniga, chervyakli uzatmada g’ildirak tishlari sonining chervyak kirimlari soniga, zanjirli uzatmada (jumladan, velosipedda) katta yulduzcha tishlari sonining kichik yulduzcha tishlari soniga nisbati Uzatish soni hisoblanadi. Uzatish soni doimo 1 dan katta yoki 1 ga teng bo’ladi.