UZOQ VA YAQIN TARTIB

UZOQ VA YAQIN TARTIB suyuqlik yoki qattiq jismlar struktura elementlari (atomlar, molekulalar va boshqalar) ning joylashuvidagi o’zaro bog’liqlik. Moddaning kichik hajmlari ichida qo’shni zarra (molekula, atom)larning nisbatan tartiblangan joylashuvi yaqin tartib (suyuqlik, amorf jismlarga oid); modda egallagan butun hajmda zarralarning muntazam davriy joylashuvi uzoq tartib deyiladi (kristallarpa mavjud; suyuqliklarda ham bo’lish hollari uchraydi).