Uzoqni o’lchagich
Uzoqni o’lchagich bir ob’yekt (punkt) bilan ikkinchi ob’yekt (punkt) orasidagi masofani o’lchash uchun mo’ljallangan asbob. Ish tamoyiliga ko’ra, geometrik va fizikaviy turlarga bo’linadi. Geometrik Uzoqni o’lchagichda o’lchash teng yonli uchburchak (ABC) ning balandligi (I) ni o’lchashga asoslanadi. Buning uchun uchburchakning AV tomoni (baza) uzunligi (/), shu tomon qarshisida yotgan burchak (RH radian) ma’lum bo’lishi lozim (h=l/$). Bu qiymatlardan biri (/ yoki (3) o’zgarmas yoki o’zgaruvchan (o’lchanadigan) bo’ladi. Shu alomati bo’yicha Uzoqni o’lchagich o’zgarmas burchakli yoki o’zgarmas bazali turlarga bo’linadi. Ob’yektni kuzatish zonasida ikkita parallel tola bo’lgan kuzatuv trubasidan iborat tolali Uzoqni o’lchagichda burchak o’zgarmas hisoblanadi. Ko’pchilik geodeziya asboblari (nivelirlar, teodolitlar va boshqalar) tolali Uzoqni o’lchagich bilan ta’minlangan. Ancha murakkab optik Uzoqni o’lchagichlar xususiy o’zgarmas bazaga ega bo’ladi. Ular 2 guruhga: monokulyar va binokulyar (stereoskopik) guruhlarga bo’linadi. Fizikaviy Uzoqni o’lchagichning yorug’lik, radio va akustik turlari bor. Ularning ishi yorug’lik, tovush yoki akustik signallarning ob’ektga boribqaytishi uchun sarflangan vaqtni o’lchab masofani aniklashga asoslangan. Bunda yorug’lik va tovush tezligi o’zgarmas hisoblanadi. Bunday Uzoqni o’lchagichlar kosmonavtikada, okean va dengizlar tubida masofalarni o’lchashda ham qo’llanadi. Masalan, «Lunoxod1» ga lazerli yorug’lik Uzoqni o’lchagich o’rnatilgan (1970). U oygacha bo’lgan masofa (385000 kilometr) ni bir necha metr aniqlikda o’lchashga imkon bergan. «Venera7» sayyoralararo avtomatik stansiyasining parvozi paytida (1970) Yer bilan Venera orasidagi masofa (60 million kilometrdan uzoq) 1 kilometr aniqlikda o’lchangan. 1. Geometrik uzoqni o’lchagich sxemasi: AV — ba’za, /}— parallaktik burchak; h — o’lchanadigan masofa. 2. Monokulyar uzoqni o’lchagich; V{ va V2 — qaytargichlar; o, va O2 — tasvir hosil qiladigan optik tizimlar; S — maxsus qaytargich (prizma); G’— fokal tekislik; OK— okulyar; a va 6— okulyarda ko’rinadigan tasvirlar. Uzoqni o’lchagich muhandislik geodeziyasida (temir yo’l qurilishida, gidroinshootlar qurishda, elektr uzatish liniyalari o’tkazish va boshqalarda), topografik s’yomkalarda, harbiy ishda (nishongacha masofani o’lchashda), navigasiyada, astronomik tadqiqotlarda, fotografiyada, kosmonavtika va okeanshunoslikda keng qo’llanadi.