UZUK
UZUK — qo’l barmog’iga taqiladigan zargarlik buyumi; oltin, kumush, mis va b. metallardan turli kattalik va og’irlikda halqa shaklida yasaladi. Ko’zli Uzuk (ko’zi Gavhar, yoqut, dur va boshqalar). Uzuklar. qimmatbaho toshlar va shishadan), ko’zsiz Uzuk (naqshli va naqshsiz), nikoh Uzuk (odatda, nikoxdan so’ng taqiladi), muhr Uzuk (ko’zi o’rnida muhr o’rnatilgan) va boshqa xillari bor. Quyma va suqma usulida ishlanadigan Uzuk yuzasiga jilo beriladi. Hozir maxsus zargarlik korxonalarida ham tayyorlanadi.