V
V — o’zbek kirill alifbosining uchinchi harfi. Bu tovush harf talaffuzida o’pkadan chiqayotgan havo tovush paychalarini tebrantirib, og’iz bo’shlig’i orqali ikki lab orasidan sirg’alib o’tadi. Ikki varianti bor: lab-lab va lab-tish. Birinchisi o’zbek tiliga oid so’zlar (ov, qirov va boshqalar), ikkinchisi o’zga tillardan o’zlashtirilgan so’zlar (visol, vint va boshqalar) tarkibida uchraydi. O’zga tilga oid (rus tili va u orqali o’zlashgan) so’zlar oxirida kelganda va jarangsiz undosh oldidan «f» tarzida talaffuz etiladi (masalan, avtobus — aftobus, aktiv — aktif va hokazolar)- 1929-39 yillarda amalda bo’lgan o’zbek lotin alifbosida, shuningdek 1995 yilda qabul qilingan keying o’zbek lotin alifbosida (21-o’rinda) V ko’rinishiga ega. Jahon yozuvi tarixida turkiy xalqlar, shu jumladan o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda V harfi o’ziga xos shaklda bo’lgan.