Vagon parki
Vagon parki — 1) biror temir yo’l bo’linmasi (stansiya, temir yo’l bo’limi va boshqalar) ning barcha temir yo’l tarmog’idagi vagonlar soni. Vazifasiga ko’ra, yo’lovchilar va yuk tashiydigan Vagon parkiga bo’linadi; texnik ko’rsatkichlari bo’yicha vagon turiga (berk vagon, yarim vagon, platforma), vagon o’qlariga, o’lchamlariga, yuk ko’taruvchanligi va boshqalarga ko’ra tasniflanadi. Muayyan temir yo’l hisobidagi barcha vagonlarni o’z ichiga oluvchi inventar va temir yo’l izlarida qatnab turgan haqiqiy vagonlardan (qayerning hisobida bo’lishidan qat’i nazar) iborat mavjud (Real) Vagon parki bo’ladi. Bulardan tashqari zaxiradagi Vagon parki ham ko’zda tutiladi; 2) vagonlar saqlanadigan, joriy ta’mirlanadigan, bo’yaladigan, yuviladigan binolar, maydonlar, ustaxonalar majmui (vagonlarning mukammal, ya’ni kapital ta’mirlanishi maxsus vagon ta’mirlash zavodlari— depolarda amalga oshiriladi).