Vakenbux

Vakenbux (vakus va nemischa Buch-kitob)-Estoniya va Latviyada XIV-XIX asrlarda dehqon xo’jaliklari hamda ularning feodal majburiyatlari ro’yxati. XVII asrdan Vakenbuxda dehqonlarning majburiyatlari va davlat soliqlari qayd etib qo’yilgan. 1804 yilgi qonunga binoan, Vakenbux xususiy mulklarda ham joriy qilingan.