VAKILLIK DEMOKRATIYASI

VAKILLIK DEMOKRATIYASI — 1) saylanadigan vakillik davlat hokimiyati yoki mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari hamda davlat yoki mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlariga saylanadigan mansabdor shaxslar tizimining mavjudligi. Ya‘ni, bu yerda so’z aholining bir qismi yoki tegishli hudud butun aholisining vakillaridan (deputat, prezident, gubernator, munitsipal tuzilmaning rahbari) iborat organlar haqida boradi. Ko’pgina tadqiqotchilar Vakillik demokratiyasini faqat vakillik muassasalari (parlament, deputatlar yig’ilishi va boshqalar) bilan bog’liqlini ta‘kidlaydilar. Mamlakat aholisi o’zlarining manfaatini ifodalaydigan yana boshqa mansabdor shaxslarni ham saylaydilar. Vakillik organlari ham mansabdor shaxslar ham o’zlarining maxsus belgilangan funksiyalarini bajarish uchun saylanishlari va ularni qaytarilishlariga haqqi yo’qligi boshqa masaladir. 2) Saylangan shaxslar bilan saylovchilar o’rtasidagi aloqa va o’zaro munosabatlarni ifodalovchi demokratik institutlarning tizimi. Deputatlar mansabdor shaxslarning aholi bilan doimiy ravishda uchrashuvlar o’tkazishi, ularda o’zlarining faoliyati va tegishli vakillik organi, ijro etuvchi apparat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar bo’yicha tushuntirishlar berishidir. Bu deputatlar va mansabdor shaxslarning siyosiy partiyalar, harakatlar bilan aloqada bo’lishi, jamoatchilikka tayanishi va hokazolardir.