Valanjin yarusi

Valanjin yarusi (Shveytsariyadagi Nevshatel shahri yaqinidagi Valanjen qasri nomidan) — quyi bo’r sistemasi (davri) pastdan ikkinchi yarusi. 1853 yilda Dezor (Desor) alohida yarus qilib ajratgan. Dastlab aniqlangan joyida dengiz tipratikani, lelesipoda va ammonitli ohaktoshlardan tashkil topgan. Valanjin yarusi jinslari Ukrainada hamda Alp, karpat tog’lari va Kavkazda bor. Valanjin yarusi qizg’ish ohaktoshli jinslari O’zbekiston (Hisor tog’lari)da ajratilgan. Bir oz gips va fosforit qatlamlari ham uchraydi. Buxoro viloyatida qumtosh, qizil gillardan iborat Valanjin yarusida neft uyumlari bor.