Valdenberg Isaak Yakovlevich

Valdenberg Isaak Yakovlevich (1906.11. 10, Ukraina — 1965. 3.4, Toshkent) — teatr rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964). Kiyev rassomlik institutini tugatgan (1930). 1938 yildan Toshkentda. D. V. Ushakov bilan ijodiy hamkorlikda ishlab, Toshkent teatrlari uchun dekoratsiya va libos chizgilari yaratgan: Hamza teatrining «otello» va «Yuliy Tsezar» (1941, 1959) spektakllariga sahna bezaklari chizgilari, «qonli sarob» (1964), «sarvqomat dilbarim» (1964) spektakllari, Gorkiy nomidagi rus drama teatrining «Jorj Danden» (1957), «hammom» (1957) spektakllariga dekoratsiya va libos chizgilari va boshqalar. Valdenberg ijodi teatr rassomligi rivojida dekorasiya va liboslardagi naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol o’ynadi.