Valensiya
Valensiya — Venesuela shimolidagi shahar. Valensiya ko’li sohilida joylashgan. Karabobo shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 903 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Avtomobil yo’llari tuguni, temir yo’l orqali Karib dengizi va Karakas shahri bilan bog’langan. Mamlakatning qishloq xo’jalik rayoni markazlaridan biri. To’qimachilik, oziq-ovqat, ko’n poyabzal, neft kimyosi sanoati, tsellyuloza- qog’oz, yog’ochsozlik korxonalari, avtomobil, tsement, shina va mebel zavodlari bor. Valensiyaga 1555 yilda asos solingan. Shahar ikki marta (1812 va 1830 yillarda) mamlakat poytaxti bo’lib turgan. 19-asr me’moriy yodgorliklari: ispanlar davrida qurilgan sobor, teatr saqlangan. Universitet bor.