Valeriana
Valeriana (Valeriana L.), Maunasorundoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t, yarim buta, buta va lionlar turkumi. Barglari butun, uch bo’lakli yoki patsimon qirqilgan. To’pguli gullaganida boshchasimon, mevasi etilganida ro’vaksimon bo’ladi. Gullari mayda. 200 ga yaqin turi shimoliy yarim sharning mo’tadil va sovuq iqlimli hududlarida, Janubiy. Amerikada, 1 turi Kilimanjaro tog’larida tarqalgan. Andda ayniqsa xilma-xil turlari uchraydi. Hamma yerda — nam joylardan tortib tog’u-toshlar, hatto Alp yaylovlari mintaqalarida o’sadi. Dorivor Valeriana (Valeriana officinalis L.) — o’t o’simlik, poyasi tik, bo’yi 2 metrgacha, barglari va ildiz mevasining katta-kichikligi bilan farq qiladigan bir necha kenja turlar hosil qiladi, dorivor o’simlik sifatida ekiladi. Dorivor Valeriananing ildizi va ildizpoyasidan tibbiyotda foydalaniladi. Undan nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi, yurak urishini tartibga soluvchi valerian tomchisi olinadi. Valeriana tarkibida efir moylari, valerin, sirka va chumoli kislotalar, turli alkaloidlar bor. Olitoriya Valerianasi barglari sho’raki (salat) sifatida iste’mol qilinadi. O’zbekistonda tog’lik mintaqalarda asorun (Valeriana fi carifolia Boiss.) tarqalgan.