Valerianat kislotalar
Valerianat kislotalar — bir asosli to’yingan organik kislotalar, umumiy formulasi S4N9SOON. Molekulyar modda 102,13; rangsiz, g’alati hidli suyuqliklar. Uglevodorod radikalining tuzilishiga qarab to’rtta izomeri bo’lishi mumkin. Izovalerianat va metiletilsirka kislotalar ko’proq ahamiyatli bo’lib, asosan izoamil spirtlarni oksidlab olinadi. Valerianat kislotalar bilan alifatik spirtlarning efirlari oziq-ovqat sanoatida meva essentsiyalari sifatida, Valerianat kislotalar bilan aromatik yoki terpen spirtlarning efirlari esa atir-upa sanoatida ishlatiladi.