VALYUTA AUKSIONI
VALYUTA AUKSIONI — erkin almashtiriladigan valutalarni milliy valyutaga sotish uchun tashkil etilgan kimoshdi savdolari. Unda chet el valyutasiga ega bo’Igan banklar qatnashadi. Valyuta bozori — milliy va xalqaro banklar, shuningdek, birjalar tomonidan chet el valyutasini, chek, veksel, o’tkazma veksel, akkreditiv va shu kabi qimmatbaho qog’ozlarni sotish, sotib olish va almashtirishdir. Jahon valyuta bozori mamlakatlarning banklari o’rtasidagi aloqalari natijasida vujudga kelgan bo’lib, tashqi savdo, sarmoya qo’yish, sayyohlik va boshqa munosabatlarga doir hisob-kitoblami amalga oshirishga xizmat qiladi. Davlatlarning milliy pullari valyuta bozorida qatnashishi uchun ular erkin almashtiriladigan valyuta, deb tan olingan bo’lishi kerak.