VALYUTA REZERVLARI
VALYUTA REZERVLARI — xalqaro hisob-kitob va to’lovlar uchun foydalanish maqsadida Markaziy banklar va moliya muassasalarida to’plangan chet el valyutasi va oltin jamg’armalaridir. Chetga mol chiqarish va chetdan tovar olishni moliyalashga mo’ljallangan va korxonalar ixtiyorida bo’Igan chet el valyutasi va so’mning chet el valyutasi hisobidagi pul vositalari hamda fuqarolarning valyuta jamg’armalari mamlakatning valyuta fond-rezerviga kiradi.