Van Deyk (van Dyck) Antonis

Van Deyk (van Dyck) Antonis (1599.22.3, Antverpen— 1641.9.12, London) — flamand rassomi. 1609 yildan X. Van Balendan ta’lim olgan, yoshligidan portret bilan shug’ullangan. 1616-20 yillarda P. Rubens ustaxonasida yordamchi bo’lib ishlagan, uning ijodidan ta’sirlangan. Angliya qiroli Yakov I saroyida ishlagan davri (1620-21)da barokko tipidagi portretini nihoyasiga yetkazdi («Oilaviy portret», «P. Snaydersning rafiqasi bilan portreti», 1621 va boshqalar). Genuyaning zodagonlari tasvirlangan hashamdor portretlaridagi ajoyib kompozitsiyasi, teran qoramtir tuslarning go’zalligi, zaminning tantanavorligida Venesiya maktabining ta’siri seziladi. 1632 yildan Londonda qirol Karl I saroyida rassom bo’lib ishladi. Qirol va uning oilasi («Karl I ovda», taxm. 1635; «Karl I bolalari», 1637 va boshqalar), saroy zodagonlari portretlarini yaratdi, ularda diqqatni holat, qomat va ranglar uyg’unligiga qaratdi.