Van Gog (van Gogh) Vinsent
Van Gog (van Gogh) Vinsent (1853.30.3, Grot-Zyundert, Gollandiya — 1890.29.7, Over-syur-Uaz. Frantsiya) — golland rassomi, postimpressionizmning yetakchi namoyandasi. Bryussel (1880-81) va Antverpen (1885-86) dagi Bada, Parijdagi xususiy studiyada (1886-88) o’qigan. Van Gog ijodi Yevropa madaniyatidagi murakkab burilish davrini o’zida aks ettirdi. 1880-yillarning 1-yarmida qoramtir, xira ranglarda mehnat axli (xususan shaxtyorlar, dehqonlar, hunarmandlar) ga hamdardlik bilan yo’g’rilgan asarlar yaratdi («dehqon ayol», «kartoshka xo’randalari», 1885 va boshqalar). Tanqidiy realizm an’analarini rivojlantirib, asarlarini obrazlarning ta’sirchan ruhiy kuchi, odamlarning dardi va tushkunligini chuqur his etish bilan boyitdi. 1886-88 yillarda impressionizm va yapon gravyurasi, P. Gogen asarlarini o’rganadi. Shu davrda dadil erkin kompozisiya echimiga qurilgan hayotga muhabbat bilan to’liq portret va manzaralar yaratdi («tungi qahvaxona», 1888; «Overda yomgirdan keyingi manzara», 1890 va boshqalar).