Vanini (Vanini) Julio Chezare

Vanini (Vanini) Julio Chezare (taxallusi Lyuchilio), (1585, Taurizano, Neapol yaqinida — 1619.9.2, Tuluza) — italiyalik faylasuf, ruhoniy. Vanini o’z asarlarida qadimgi Ateistlarni tanqid qilish bahonasida ularning asl qarashlarini ochiqdan-ochiq bayon etgan. Unga ko’ra, Xudo tabiat bilan cheksiz borliq sifatida qo’shilib, bir butunlikni tashkil qiladi. Vaninining ta’kidlashicha, tabiat o’z mohiyatiga ko’ra harakatdan benasib, u o’zidan tashqaridagi faol ilohiy kuchga muhtojdir. Xudo va tabiatning birligi ularning xech biriga putur yetkazmaydi. Olam yagona va abadiydir, lekin uning muayyan ko’rinishlari doimiy o’zgarishda bo’ladi. Ruh bilan modda ajralmasdir. Ruh abadiy emas, uning ibtidosi va intihosi bor. Har qanday mo»jizaviy hodisa mohiyatini inson aql-farosati orqali asoslab berish mumkin. Vaninining fikricha, insondagi har qanday ruhiy jarayon iqlim, nasl-nasab, fazoviy jismlarning ta’sirida sodir bo’ladi. Odamlar jussasidagi tafovut ulardagi ma’naviy fazilat yoki illatlarni keltirib chiqaradi. Vanini ateizm va bid’atda ayblanib, inkvizisiya tomonidan gulxanda yoqib yuborilgan.