Var
Var (sug’dcha — qo’rg’on) — qadimgi Turkistonda mavjud bo’lgan istehkom turi; to’rt tomoni mudofaa devorlari bilan o’ralgan qo’rg’on. Odatda Sayhon yerda qurilib, asosan chorva mollari va uy parrandalarini dushmandan himoya qilishga mo’ljallangan. Avestolati ma’lumotlarga ko’ra, Varlarning har bir tomoni bir ot chopimi (3 kilometr) uzunligida bo’lgan. Dastlabki Varlar taxminan miloddan avvalgi 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan va keyinchalik katta-kichik qal’ali yirik qishloq yoki shaharlarga aylangan. Var so’zi ko’pgina qadimgi shahar va qishloqpar nomlari tarkibiga kirgan. Masalan, Dalvarzin, Varaxsha, Vardonze va boshqalar.