Varnalar
Varnalar (sanskitcha sifat, rang)-Qadimgi Hindistondagi 4 asosiy tabaqa. Ilk bor “Rigveda”ning “Purushasukta” qismida tilga olingan. Jamiyatda brahman va kshatri tabaqalari yuqori mavqeni egallashgan. Mehnatkash xalq vayshilar va shudrlar Varnalarga mansub bo’lib, ularning mavqei pastroq hisoblangan. Varnalarga mansub bo’lmagan (chandallar) aholining eng quyi, xo’rlangan, huquqsiz qismini tashkil etgan.