Varrooz, varroatoz
Varrooz, varroatoz — asalarilar va ularning urug’larini zararlaydigan kasallik. Varroa jacobsoni kanasi qo’zg’atadi. Kanalar ko’proq asalarilarning qanoti osti, choti, qorin qismida parazitlik qiladi. Asalarilar oilasining kuchsizlanishi va halok bo’lishiga olib keladi. Kasallangan asalarilarning qanotlari yemiriladi, ko’krak va qorni kichrayib ketadi, erkak asalari ona asalari bilan juftalasha olmaydi. Oldini olish va qarshi kurash choralari: karantin va veterinariya-sanitariya tadbirlari;asalari oilalariga fenotiazin, varroatin, timol, chumoli kislota, varrobrabulin bilan ishlov beriladi.