Varzob, Dushanbadaryo
Varzob, Dushanbadaryo — Tojikistonning g’arbidagi daryo, Kofarnihon daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 71 kilometr, havzasining maydoni 1740 km2. Hisor tizmasining Janubiy yon bag’ridagi (4000— 4800 metr) doimiy qor va muzliklardan boshlanadi. O’rtacha yillik suv sarfi 54 m’/sek (Dushanba shahri). Varzob sersuv, maksimal suv sarfi aprel oylariga to’g’ri keladi. Varzob yuqori qismda tor va chuqur vodiyda, serostona va juda nishab o’zanda oqadi, sharsharalar bor. Varzobning sug’orish va energetikada ahamiyati katta. Varzobda GES kaskadlari ishlab turibdi. Varzob bo’yida Dushanba shahri joylashgan.