VASHGIRD
VASHGIRD, Vashjird — ilk o’rta asrlarda shimoliy Toxaristondagi shahar va viloyat. Dastlab Avestoda Visagird, so’ngra Firdavsiyning «Shohnoma»sida Afrosiyob podsholigi davridagi voqealar bayopida Visa, Visagird shaklida qayd etilgan. Afrosiyobning vaziri Piron Visa nomi bilan bogliq bo’lishi yoxud «Vaxsh» va «Kard» — «ma’bud Vaxsh gomonidan yaratilgan» ma’nopi anglatgan bo’lishi ham ehtimol. 19-asrda o’rga Osiyoda «Vashgird» so’zi dars qumidan oltinni ajratib olish uchun ishlatiladigan asbobni anglatgan. 7-asrning 1-yarmida Xuttalon viloyagi rustoqlaridan birining markazi bo’lgan. Xitoy yilnomasi «Tan-shu»ga ko’ra, u-ShS-ke, yani Vashgird Xuttalonga tegishli Kumel rustog’ining ma’muriy markazi bo’lgan. 9-asrda Vashgird musulmonlarning eng yirik chegara shahri hisoblangan, uning atrofida 700 ga yaqin mustahkam istehkomlar («hisp») bo’lgan. 826 — 827 yillarda Vashgird viloyati xalifalikka 1000 dirham soliq to’lagan. Vashgird shahri toglar orasida joylashgan. 10-asrda Vashgird shahri Shumandan kagta va Termiz bilan deyarli barobar bo’lgan. 12-asrda Vashgirdda mashhur rabotlar, Islom dini kirib kelishidap avvalgi alifboda bitilgan ajoyib yozma yodyurliklar bo’lgan. Vashgirdga turli xorijiy o’lkalarlan sayshlar kelishgan. V.V.Bartold Vashgirdni hozirgi Fayyubod o’rnida bo’lgan deb hisoblaydi. Biroq A.M. Bedepinkiyning fikricha, V.Faychoboldan biroch uchoqlikdagi sari Mochor qishlog’i chetida joylashgai Talli Vochljur shahri xarobasi (80 gektar maydonga ega) o’rnida bo’lgan. Shahar xarobasi yaqinidagi qabristonda 9-asrdan Balxda yashagan mashhur sufiy avliyo X.Oji Abu Abdurahmon xatim mozori bor. Xotim XT-Asomm maqbarasi 17-asr manbalarida qayd etilgan. U balxlik mashhur sufiy Shaqiq Balxiyning shogirdi (851 yilda Balxda vafot etgan) bo’lgan. Shaqiq Balxiy mozori Vashgirdda 10-asrda ma’lum bo’lgan. Keyinchalik u Balxga qayta dafn etilgan. L: Kamaliddiiov Sh. S. Istoricheskaya geografiya Yujioyu Sogda va Toxaristana po araboyazichtlm istochnikam IX — iachala XIII vv., T» 19%.