Vasilenko Lev Dominikovich

Vasilenko Lev Dominikovich 11899.30.10 (12.11), Kaluga shahri-1979, Toshkent] — onkolog-jarroh; O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1947). Tibbiyot fanlari Doktori (1937), professor (1940). O’rta Osiyo davlat universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1923). Toshmi onkologiya klinikasining boshlig’i (1923-41). Urush qatnashchisi. 1945 yildan toshmi gospital jarrohlik kafedrasi mudiri, ayni chog’da institut rektorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1951-55). 1970 yildan pediatriya fakulteti jarrohlik kasalliklari kafedrasida professor maslahatchi, Ilmiy ishlari jarrohlik va onkologiya masalalariga bag’ishlangan.