Vasilevskaya Vanda Lvovna

Vasilevskaya Vanda Lvovna (1905.21.1, Krakov — 1964.29.7, Kiyev) — polyak va rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Polyak tilida yozgan. Krakov universitetini tugatgan (1927). «Shu kunning qiyofasi» (1934) qissasi, «Vatan» (1935) romanida ishchi va dehqonlarning 20-asr boshlaridagi hayoti, 2-jahon urushidagi xalq qahramonliklari madh etilgan. Vasilevskaya «Kamalak» (1942), «chin muhabbat» (1944), «Chiroq yonganda» (1946). «Hayot-mamot kurashida» (1958) qissalari, «suv uzra qo’shiq» trilogiyasi («botqoqlikdagi olov», 1940; «kuldagi yulduzlar» 1946; «Daryolar yonmokda», 1951) kabi asarlar muallifi. «Chin muhabbat» asarini Asqad Muxtor o’zbek tiliga tarjima qilgan (1947).