Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi qanday qurilgan?
Dastlabki nomi «Handaq bo’yidagi Pokrovskaya jome’si» bo’lgan, butun dunyoga mashhur Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi 1555-1556 yillarda qurilgan. Qozonning zabt etilishi sharafiga bunyod etilgan bu jome’ Rossiya me’morchiligining XVI asrdagi eng yirik inshooti edi. «Handah bo’yidagi» Kreml tevaragida qazilgan handaй bilan «йo’shnichilik»ni anglatadi. Vasiliy Blajenniy nomi bilan esa uni pravoslav cherkovi aziz tutadigan, Kreml devorlaridan birining tagida dafn etilgan Majzubning ismi sharifiga atalgan. Ulkan tosh sheroza yoki uni ertaksimon ibodatxona deb ham atashadi, — nomlarini afsonalar qurshagan rus me’morlari Иarma va Postniklar yaratgan asl durdonadir. Afsonalardan birida naql qilinishicha, rusda bundan-da muhtashamroq obidalar paydo bo’lishini istamagan Ivan Grozniy ajoyib me’morlarning ko’zlarini o’yib olishga buyruq bergan ekan. Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi ichki bezaklarining bosiqligi va uyg’unligi galdagi, XVII asr didlarini ham aks ettiradi. Jome’ qirmizi g’isht va oq toshning sodda, lekin istisno tariqasidagi uyg’un qovishuvi bilan ilk ziyoratchilarining ko’zini quvontirgan edi. Shuning uchun bo’lsa kerak, Vasiliy Blajenniyning hozirgi naqshin rangli jilvalanishi ham tasodifiy emas. Qizil maydon ustida yuksalib turuvchi «xandaq bo’yidagi» jome’ Kreml kalisolarining jiddiy serboshligi bilan juda-juda uyg’unlashib ketadi.