Vasiliy I

Vasiliy I (1371-1425) — Moskva buyuk knyazi (1389 y.dan). Dmitriy Donskeshning o’g’li. Nijniy Novgorod, Murom, Vologda knyazliklari va komilar yerlarini Moskva buyuk knyazligiga qo’shib olgan. Oltin O’rda va Litva buyuk Knyazligiga qarshi kurashgan. Amir Temur To’xtamishni yengganidan so’ng Vasiliy I Oltin O’rdaga o’lpon to’lamay qo’ygan. Biroq 1408 yil Idiku bosqinidan so’ng 1412 yildan boshlab o’lpon to’lay boshlagan.